AnnachePastry

Olmoli Qirg'ichli Pirog

Olchali nachinka

  • Muzlatilgan olcha
    Ogʻirligi:350 g
    Hajmi:2 1/3 stakan
  • Shakar
    Ogʻirligi:120 g
    Hajmi:2/3 stakan
  • Makkajo'xori kraxmali
    Ogʻirligi:30 g
    Hajmi:1/4 stakan

TAYYORLASH USULI

  1. Olchali nachinka

    Qozonchaga 350 g muzlatilgan olcha, 120 g shakar va 30 g kraxmalni soling. O'rtacha olovda, to'xtovsiz aralashtirib, quyulguncha pishiring. So'ng olovdan olib, to'liq soviting.

Xamir

  • Bug'doy uni
    Ogʻirligi:360 g
    Hajmi:2 3/4 stakan
  • Qabartma (razrixlitel)
    Ogʻirligi:4 g
    Hajmi:1 choy qoshigʻi
  • Shakar
    Ogʻirligi:150 g
    Hajmi:3/4 stakan
  • Tuz
    Ogʻirligi:3 g
    Hajmi:1/2 choy qoshigʻi
  • Tuxum
    Ogʻirligi:100 g
    Hajmi:2 dona
  • Vanil ekstrakti
    Ogʻirligi:4 g
    Hajmi:1 choy qoshigʻi
  • Muzdek sariyog'
    Ogʻirligi:220 g
    Hajmi:1 stakan
  • Bodom parraklari (xohishga ko'ra)
    Ogʻirligi:1 g
    Hajmi:taʼbga koʻra

TAYYORLASH USULI

  1. Xamir

    Katta idishga 360 g un va 1 choy q. qabartmani elakdan o'tkazing. 150 g shakar va ½ choy q. tuz qo'shib aralashtiring. Alohida idishda 2 dona tuxumni 1 choy q. vanil ekstrakti bilan vilka yordamida aralashtirib oling.

    220 g juda sovuq sariyog'ni unli aralashmaga qirg'ichdan chiqaring va qo'lingiz bilan tez-tez uqalab, qumoq (kroshka) holatiga keltiring. Tuxumli aralashmani qo'shib, xamir bir butun bo'lguncha oshxona kurakchasi yoki qo'l bilan tezda yig'ib oling.

    Xamirni 2 qismga — kattaroq va kichikroq bo'laklarga ajrating va ikkalasini ham oziq-ovqat plyonkasiga o'rang. Kichik qismini muzlatgichning muzxonasiga (marozilka), kattasini esa oddiy muzlatgichga kamida 2 soatga qo'ying.

  2. Pirogni yig'ish

    Pishiriq qolipini yog'lang. Katta xamir bo'lagini qolip tubiga va chetlariga bortik qilib tekis yoying. Sovigan olchali nachinkani quying. Muzxonadagi xamirni qirg'ichdan o'tkazib, nachinka ustiga bir tekisda taqsimlang. Xohishga ko'ra bodom parraklarini seping.

  3. Pishirish

    Oldindan 180°C (350°F) qizdirilgan duxovkada 35–40 daqiqa davomida usti qizarguncha pishiring. Pirogni kesishdan oldin to'liq soviting.

    Ana, tilla rangda qizargan, sersuv olchali nachinkaga to'la mazali pirogimiz tayyor bo'ldi. Hidi ham, ta'mi ham shunchaki ajoyib! 🍒✨

Allergenlar

  • Glyuten
  • Tuxum
  • Sut

Baʼzi mahsulotlarning tarkibi aniqlanmadi: Bodom parraklari (xohishga ko'ra).

Mahsulotlar tarkibidan kelib chiqib hisoblangan. Qadoqni tekshiring: ishlab chiqaruvchilar allergenlar qoʻshishi yoki mahsulotda ularning izlari boʻlishi mumkin.

Umumiy koʻrsatkichlar

Umumiy ogʻirligi:1342 g
Umumiy OQVUGʻ (BZHU)
4370Kkal
55Oqsillar
193Yogʻlar
613Uglevodlar
100 g uchun oʻrtacha OQVUGʻ (BZHU)
326Kkal
4Oqsillar
14Yogʻlar
46Uglevodlar

Sizning tizimda qolishingizni taʼminlash uchun zaruriy cookie-fayllardan foydalanamiz. Sizning roziligingiz bilan, tashriflarni hisoblash uchun analitik cookie-fayllardan (Google Analytics) ham foydalanamiz. Tanlovingizni istalgan vaqtda sahifaning pastki qismidagi “Cookie sozlamalari” boʻlimida oʻzgartirishingiz mumkin. Tafsilotlar bizning Muxfiylik siyosati.