AnnachePastry

Mramor Keks

Asosiy xamir

  • Sariyog', xona haroratida
    Ogʻirligi:100 g
    Hajmi:1/2 stakan
  • Shakar
    Ogʻirligi:200 g
    Hajmi:1 stakan
  • Tuxum
    Ogʻirligi:150 g
    Hajmi:3 dona
  • Smetana
    Ogʻirligi:200 g
    Hajmi:1 stakan
  • Bug'doy uni
    Ogʻirligi:160 g
    Hajmi:1 1/4 stakan
  • Qabartma (razrixlitel)
    Ogʻirligi:12 g
    Hajmi:1 osh qoshigʻi
  • Tuz
    Ogʻirligi:1 g
    Hajmi:chumchim
  • Vanillin
    Ogʻirligi:1 g
    Hajmi:taʼbga koʻra

TAYYORLASH USULI

  1. Asosiy xamir

    100 g yumshoq sariyog'ni 200 g shakar bilan oqarib kremsimon bo'lguncha mikserda ko'pirtiring. 3 dona tuxum va vanillin solib yana aralashtiring, so'ngra 200 g smetana qo'shib yana bir bor yaxshilab ko'pirtiring.

    160 g unni qabartma va tuz bilan birga elakdan o'tkazib soling va aralashtiring.

    Xamirni iloji bo'lsa tarozi yordamida ikkita teng qismga bo'ling.

Vanilli xamir

  • Bug'doy uni
    Ogʻirligi:40 g
    Hajmi:1/3 stakan

TAYYORLASH USULI

  1. Vanilli xamir

    Birinchi qismiga 40 g un solib aralashtiring.

Shokoladli xamir

  • Kakao kukuni
    Ogʻirligi:40 g
    Hajmi:1/2 stakan

TAYYORLASH USULI

  1. Shokoladli xamir

    Ikkinchi qismiga 40 g kakao kukuni qo'shib aralashtiring.

  2. Qolipga quyish

    Keks qolipining yonlari va tubiga sariyog' surtib, yengil un seping.

    Vanilli va shokoladli xamirlarni navbatma-navbat qolipga soling. Chiroyli naqsh hosil bo'lishi uchun xamir yuzasini cho'pcha yoki lopatka bilan biroz aralashtirib yuborsangiz bo'ladi.

  3. Pishirish

    Oldindan 180°C (350°F) qizdirilgan duxovkada 40–45 daqiqa davomida pishiring.

Allergenlar

  • Glyuten
  • Tuxum
  • Sut

Mahsulotlar tarkibidan kelib chiqib hisoblangan. Qadoqni tekshiring: ishlab chiqaruvchilar allergenlar qoʻshishi yoki mahsulotda ularning izlari boʻlishi mumkin.

Umumiy koʻrsatkichlar

Umumiy ogʻirligi:904 g
Umumiy OQVUGʻ (BZHU)
2920Kkal
55Oqsillar
139Yogʻlar
368Uglevodlar
100 g uchun oʻrtacha OQVUGʻ (BZHU)
323Kkal
6Oqsillar
15Yogʻlar
41Uglevodlar

Sizning tizimda qolishingizni taʼminlash uchun zaruriy cookie-fayllardan foydalanamiz. Sizning roziligingiz bilan, tashriflarni hisoblash uchun analitik cookie-fayllardan (Google Analytics) ham foydalanamiz. Tanlovingizni istalgan vaqtda sahifaning pastki qismidagi “Cookie sozlamalari” boʻlimida oʻzgartirishingiz mumkin. Tafsilotlar bizning Muxfiylik siyosati.